Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax viloyatiga hokim tayinlandi

Jizzax viloyatiga hokim tayinlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Manas» qishlog‘idagi madaniyat saroyida 30 mart kuni xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Viloyatda yangi sanoat korxonalari tashkil etish, qishloq xo‘jaligida islohotlarni davom ettirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi. Paxta maydonini qisqartirish evaziga meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, mahsulotni saqlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan korxonalar tashkil etish, lalmi yerlarga eksportbop ekinlar ekish, tog‘oldi hududlarda dorivor o‘simliklar yetishtirish, chorvachilikni rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan Ergash Soliyev Jizzax viloyati hokimi etib saylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring