Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hillari Klinton shifoxonaga tushib qoldi

Hillari Klinton shifoxonaga tushib qoldi

Foto: AFP / Angela Weiss

AQShning sobiq davlat kotibi va prezidentlik saylovida Trampga imkoniyatni boy bergan Hillari Klinton Hindistonga safari davomida bilagi shikastlanib, shifoxonaga tushib qoldi. Bu haqida «Times of India» nashri ma’lumotiga asoslanib «RIA Novosti» xabar qilmoqda.

«Goyal Hospital» xususiy klinikasi xodimining aytishicha, 70 yoshli siyosatchiga Rojaston shtatining Jodxpur shahrida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Vrachlar bergan ma’lumotga ko‘ra, Klinton Umayd-Bxavan qarorgohidagi mehmonxonalardan birining vannaxonasida toyib ketib qo‘lini shikastlab olgan.

 «Biz kompyuter tomografiyasini o‘tkazdik va rentgenda bilak suyagi yorilganini aniqladik. Bemorga bir necha kun davomida dam olish tavsiya etildi. Shuningdek elastik bintdan foydalanishni maslahat berdik», — deya ma’lumot bergan ismi sir qolishini xohlagan tibbiy xodim. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring