Gurbanguli Berdimuhamedovni Shavkat Mirziyoyev kutib oldi (foto)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Gurbanguli Berdimuhamedov davlatimiz rahbari hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining muzokaralari ertaga, 5 oktyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter