Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gretsiya muhojirlarni qabul qilmadi

Gretsiya muhojirlarni qabul qilmadi

Foto: Twitter / Yeni Şafak English‏

Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdan yo‘lga chiqqan noqonuniy muhojirlar Maritsa daryosining Turkiyaga tegishli qirg‘oqlarida qattiq sovuqda naq 13 soat qolib ketganlar.

«Euronews»ning xabar berishicha, Gretsiya xavfsizlik kuchlari Yevropaga yo‘l olgan bir necha o‘n noqonuniy muhojirni chegaradagi Maritsa daryosining Turkiya tomonidagi sohiliga qaytarib yuborgan. Natijada ular qattiq sovuqda qolib ketgan.

«Gretsiyada bizni dastlab yomon sharoitli joyga qamab qo‘ydilar. U yer juda ayanchli edi. Keyin bizni quvib yuborishdi», — degan jabrdiydalar.

Turkiya chegara politsiyasi muhojirlarni Maritsa o‘rtasidagi Serem orolidan topganlar. Ikki kishining ahvoli o‘ta og‘irligi xabar qilinmoqda. Ular kasalxonaga jo‘natilgan.

2011-yilda Suriyada notinchliklar boshlangandan so‘ng Maritsa daryosi noqonuniy migrantlarning Yevropaga o‘tuvchi asosiy yo‘llaridan biriga aylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring