Kataloniyaning sobiq rahbari Germaniyada qo‘lga olindi
Germaniyada bugun, 25-mart kuni Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon hisbga olindi. Siyosatchini ushbu mamlakat chegarasida ushlashdi. Bu haqda «mir24.tv» xabar berdi.
Bundan biroz avval Finlandiya huquqni muhofaza qilish organlari Ispaniyadan Puchdemonni topshirish haqida so‘rov olgan edi. Ammo fin politsiyasi uni ushlashga ulgurmadi: siyosatchi Belgiyaga o‘tib ketdi.
Mavzu doirasida: Kataloniya va Kurdiston: kimga nima kerak?
Ispaniya oliy sudi Kataloniyaning sobiq rahbarini qo‘lga olish bo‘yicha order bergan edi. Unga davlat to‘ntarishi va norozilikni yuzaga keltirishni tashkil etish aybi qo‘yilgan. Puchdemonga qo‘yilgan bu ayblovlar isbotlansa, u 25 yilga ozodlikdan mahrum bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter