Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belgiyada yashirinib yurgan Kataloniya sobiq rahbari hukumatga taslim bo‘ldi

Belgiyada yashirinib yurgan Kataloniya sobiq rahbari hukumatga taslim bo‘ldi

Foto: «Ridus»

Kataloniya mustaqilligi rahnamosi Karles Puchdemon Belgiya hukumatiga taslim bo‘ldi, deya xabar bermoqda «Kp.ru».

2017 yilning oktyabrida referendum o‘tkazib, Kataloniyani Ispaniyadan ajratib chiqarishga uringan to‘qqiz nafar siyosatchiga nisbatan Ispaniya Oliy sudi shu yilning 14-oktyabr kuni qamoq jazosi tayinladi. Shundan so‘ng Barselonada ommaviy tartibsizliklar boshlanib ketdi — norozi katalonlar hukmni bekor qilishni talab qilishmoqda.

Hibsga olinganlar orasida Kataloniya mustaqilligi tashabbuskori yo‘q. Sud uni hibsga olishga order berganidan so‘ng Karles Puchdemon Belgiyada yashiringan. Bugun, 18-oktyabr kuni u ko‘ngilli ravishda Belgiya hukumatiga taslim bo‘lgan. Uni isyon ko‘targanlik va mablag‘larni bemaqsad ishlatganlikda ayblashyapti.

Sud hibsga olishga order berganiga qaramay, uning erkinlikda qolishiga ruxsat bergan.

BBC xabariga ko‘ra, Puchdemon o‘ziga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarga iqror bo‘lmagan.

Xabarlarga ko‘ra, 20-oktyabr kuni Barselonada ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring