Messi jamoadoshlaridan xafa bo‘ldi
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi klub rahbariyati bilan ziddiyatga kirishgan vaqtda jamoadoshlarining xatti-harakatidan ranjidi. Bu haqda «Onda Cero» radiostansiyasi xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchi shartnomani bekor qilmoqchi bo‘lgan paytda jamoadoshlarining qo‘llab-quvvatlashini kutgan. Biroq kataloniyalik o‘yinchilardan hech qaysisi vaziyatga munosabat bildirmagan. Ta’kidlanishicha, jamoadoshlarining xatti-harakati Messini ham hayratga solgan, ham xafa qilgan.
4-sentyabr kuni forvard «Barselona»da qolishini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, klubdan ko‘ngli qolgan va ketishni xohlagan. Biroq shartnomadagi huquqiy kelishmochiliklar tufayli jamoada qolishga qaror qilgan. Messi klub ichidagi vaziyatdan noroziligi tufayli kataloniyaliklarni tark etishga qaror qilgandi. Chempionlar ligasi chorak finalida «Bavariya»dan 2:8 hisobida uchragan mag‘lubiyat esa uning ketishini yaqinlashtirgan.
Lionel Messi 2003-yildan beri Kataloniya klubida o‘ynaydi. Jamoa bilan birga u o‘n karra Ispaniya chempioni va to‘rt karra Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan. Bundan tashqari, argentinalikning hisobida oltita «Oltin to‘p» bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter