G‘azo sektorini qayta tiklash qanchaga tushishi aytildi
Oktyabr oyidan buyon davom etayotgan urushda vayron bo‘lgan G‘azo sektorini tiklash uchun 90 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ kerak bo‘ladi.
Bu haqda Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi gapirib o‘tdi, uning so‘zlaridan TASS iqtibos keltirmoqda.
«Sektorni tiklash uchun 90 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflash kerak bo‘ladi», dedi Misr rahbari. Uning qayd etishicha, G‘azo sektori hozirda minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan katta fojiaga guvoh bo‘lmoqda.
4 mart kuni Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari hamkorlik kengashi mamlakatlari rahbarlari G‘azo sektorini tiklash uchun qo‘shimcha 1,6 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratishga tayyor ekani xabar qilingandi.
Avvalroq Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I G‘azodagi xunrezliklarni «sharmandalik» deya atagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter