Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirishni so‘radi

Fransiya BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirishni so‘radi

Foto: «Telegraf»

Fransiya BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishi chaqirilishini so‘radi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drianning so‘zlariga asoslangan holda «TASS» xabar bermoqda.

«Guta, Idlib, Afrin — Fransiya BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda majlisini chaqirishni so‘raydi», — deb yozdi vazir «Twitter»dagi sahifasida. U bu borada turkiyalik hamkasbi bilan muzokara olib borganini qo‘shimcha qildi.

Tashqi ishlar vazirligi rahbari, shuningdek, Suriyaga insonparvarlik yordamini berish va u yerdagi harbiy harakatlarni to‘xtatish zarurligini ta’kidladi.

Shanba kuni Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi Suriyaning kurdlar yashaydigan Afrin mintaqasida «Zaytun novdasi» operatsiyasini boshlaganini e’lon qilgan edi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, operatsiya davomida turk harbiy havo kuchlari Afrinda 153 ta nishonga zarba berishga erishgan. «Sky Nyews Arabia»ning  xabar berishicha, Afrindagi havo hujumlari natijasida 6 nafar tinch aholi va 3 nafar XMB jangarisi o‘ldirilgan. Yakshanba kuni Turkiya bosh vaziri mintaqada quruqlikdagi amaliyotlar boshlanganini tasdiqladi.

Sharqiy Guta va Idlib 4 may kuni Suriyadagi sulh bitimining kafillari — Rossiya, Eron va Turkiya o‘rtasida imzolangan kelishuvga binoan tashkil etilgan deeskalatsiya zonasiga kiritilgan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 31 dekabrdan 10 yanvargacha Sharqiy Gutada kamida 85 nafar tinch aholi, jumladan, 30 nafar bola o‘ldirilgan. Idlibdagi vaziyat ham jiddiy xavotir uyg‘otadi. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husaynning bayonotiga ko‘ra, Idlibda hukumat kuchlari va «Tahrir ash-Shom» ekstremistik guruhlar birlashmasi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar tufayli o‘n minglab aholi o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring