Falastinga 1,5 million AQSh dollari ajratiladi — Prezident qarori

«Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga gumanitar yordam ajratish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–354-son, 01.11.2023 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) tomonidan olib borilayotgan Falastin xalqi uchun gumanitar yordam ko‘rsatish tadbirlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Agentlikka gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 1,5 million AQSh dollari ajratiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaroga munosabat bildirib, G‘azo sektori aholisiga baholi qudrat yordam ko‘rsatish uchun 1 million 500 ming dollar ajratish haqida qaror qabul qilganini qayd etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter