Ertaga Istanbulda Samarqanddagi muhim tadbirga hozirlik muhokama qilinadi
Ertaga, 17-oktyabr kuni Istanbulda Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov qatnashadi.
Yig‘ilishda 2022-yil 11-noyabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan TDTning birinchi sammiti kun tartibi va tayyorgarlik jarayoni, shu jumladan TDT davlat rahbarlari kengashiga imzolash uchun kiritiladigan hujjatlar loyihalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan, deyiladi xabarda.
Turkiy davlatlar TIV rahbarlari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosat hamda tashkilot doirasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashishadi.
Istanbul yig‘ilishida Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan tashqari, kuzatuvchi-davlatlar — Vengriya va Turkmaniston ham qatnashishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter