Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputatlar oliy darajali «Do‘stlik» ordeni ta’sis etishni muhokama qildi

Deputatlar oliy darajali «Do‘stlik» ordeni ta’sis etishni muhokama qildi

Foto: Xabar.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019 yil 30 sentyabr kuni o‘tkazilgan navbatdagi majlisida deputatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yaxshilashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.

Majlis davomida deputatlar «Oliy darajali «Do‘stlik» ordenini ta’sis etish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini atroflicha muhokama qildilar.

Qayd etilganidek, loyihada Oliy darajali «Do‘stlik» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar qardosh xalqlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, xalqlar yakdilligiga erishishdagi alohida xizmatlari, har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirishdagi sermahsul faoliyati, mintaqalararo kelishuvga erishish, shuningdek, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashdagi faol ishtiroki uchun mukofotlanishi belgilanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring