Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputatlar Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqmoqda

Deputatlar Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqmoqda

Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Amaldagi qonun hujjatlariga binoan, Vazirlar Mahkamasi a’zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi avvalo Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, ma’qullanadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida tarkib topgan yangi amaliyotga muvofiq, ayni daqiqalarda siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda Ekoharakat deputatlik guruhida deputatlar Hukumat a’zoligiga tayinlanayotgan nomzodni ko‘rib chiqdilar, deya xabar bermoqda palata matbuot xizmati.

Bu gal O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga nomzod muhokamasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga ayni paytda Toshkent shahri Sergeli tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Nozim Husanovning nomzodi ko‘rsatilgan.

Fraksiyalar yig‘ilishlarida N.Husanov deputatlar tomondan ko‘tarilgan savollarga atroflicha javob qaytardi hamda ular e’tiboriga mazkur lavozimga kirishganidan so‘ng fuqarolar bandligini ta’minlash sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish maqsadida kelgusida qiladigan ishlari bo‘yicha o‘z Harakatlar dasturi haqida atroflicha axborot bergan.

Ushbu masala bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida batafsil ko‘rib chiqiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring