Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat mulkini kim boshqaradi?

Davlat mulkini kim boshqaradi?
 
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqila boshlandi.
 
Qonun loyihasida davlat mulkiga egalik qilishni asoslash prinsiplari belgilanmoqda.
 
Unga ko‘ra, davlat tomonidan davlat mulkiga egalik qilish asosiy faoliyatini tabiiy monopoliya sohasida amalga oshirish, xususiy sektor tomonidan bajarilishi norentabel hisoblanadigan aholiga zarur bo‘lgan tayanch xizmatlarni ko‘rsatish va boshqa shu kabi mezonlarning biriga yoki bir nechtasiga mos kelganda yo‘l qo‘yilishi nazarda tutilmoqda.
 
Shuningdek, qonun loyihasida davlat mulkini boshqarish sohasida vakolatli davlat organi sifatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligini belgilash, uning asosiy vakolatlaridan biri sifatida davlat mulkini boshqarish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish belgilanmoqda.
 
Mazkur hujjatda Agentlik har yili 1 avgustga qadar davlat ishtirokidagi korxonalarning o‘tgan yilgi faoliyati natijalari to‘g‘risidagi yig‘ma hisobotni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishi, o‘z veb-saytida e’lon qilishi lozimligi ko‘rsatilmoqda.
 
Davlat mulkini saqlash va yaxlitligini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarini moliyalashtirish bilan bog‘liq ma’lumotlar barcha uchun ochiq bo‘lishi, davlat organlari, Agentlik, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalar rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi taklif etilmoqda.
 
Qonun loyihasining qabul qilinishi davlat mulkini boshqarish sohasida mas’ul bo‘lgan idoralarni belgilashga, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirishga, davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas’uliyatini oshirishga, ularning davlat mulkini boshqarish sohasidagi vakolatlarini aniq belgilashga hamda davlat mulkini boshqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
 
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring