Erkaklarga bola ta’tili berishmoqchi — Gonduras
Kongressmen Maurisio Vilyeda erkaklarga bola parvarishi bilan shug‘ullanganligi uchun ta’til berish ko‘zda tutilgan qonun loyihasini Gonduras milliy kongressiga taqdim etdi. Bu haqda «Proceso Digital» xabar berdi.
Vilyedaning ta’kidlashicha, ushbu chora Lotin Amerikasining qator mamlakatlarida joriy etilgan, Yevropa mamlakatlarida esa odatiy amaliyotga aylangan.
Mazkur chora tug‘uruqdan keyingi dastlabki kunlarda onaning mushkullarini ancha yengillashtiradi, qolaversa, erkak oilasiga yanada yaqinroq bo‘ladi, dedi deputat.
Taklif etilayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, bola tug‘ilganidan so‘ng ota-onaga 10 kunlik ta’til beriladi, agarda egizaklar tug‘ilsa ta’til 20 kunlik bo‘ladi.
Deputat ushbu qonun hamkasblari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga umid bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter