Chet elda o‘qib kelgan bitiruvchi rahbarlik lavozimiga tayinlandi
Buyuk Britaniyaning Sheffild universiteti bitiruvchisi Mavlon Muxitdinov O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Investitsiyalarni jalb etish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar berdi.
Mavlon Muxitdinov 1980-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos va iqtisodchi. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik instituti, 2004-yilda Sheffild universiteti (Buyuk Britaniya) va 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. 2007-2012 yillari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Hozirgi kungacha u Toshkent viloyati Nurafshon shahar hokimining investitsiya va turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter