Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov senatorlikka saylandi
![Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov senatorlikka saylandi](https://static.xabaruz.com/crop/3/7/720_460_95_3758277503.jpg)
4-fevral kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markazida xalq deputatlari Buxoro viloyati, tuman va shahar kengashlari deputatlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.
Buxoro viloyati, tuman va shahar kengashlari deputatlarining yakdil ovozi bilan Botir Zaripov Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi.
Eslatib o‘tamiz. shu yil 22-yanvarda Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroga qilgan tashrifi doirasida Botir Zaripov viloyat hokimligiga tasdiqlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter