Qozog‘istonning yangi bosh vaziri bugun O‘zbekistonga keladi

Alixan Smailov
Bugun, 11-fevral kuni Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi O‘zbekistonga bir kunlik tashrif bilan keladi.
Tashrif dasturida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar va boshqa qo‘shma tadbirlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Alixan Smailov bundan bir oy avval – 11-yanvar kuni Qozog‘iston hukumati rahbari etib tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter