Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bu savolga birorta hokimda ijobiy javob yo‘q» — prezident

«Bu savolga birorta hokimda ijobiy javob yo‘q» — prezident

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev Jizzax, Navoiy, Samarqand va Xorazmda birja savdolari ancha faollashgani, lekin Sirdaryo, Andijon va Surxondaryodagi korxonalarning birja savdolaridagi ishtiroki pastligicha qolayotganini aytgan.

Shu bilan birga, Zangiota 37 turdagi, Karmana 24 turdagi, Dang‘ara va Jomboy 17 turdagi mahsulotlarni birjaga chiqargan bo‘lsa, Andijon, Nurota, Qiziriq, Boyovut tumanlarida atigi 1 turdagi mahsulot birjaga qo‘yilmoqda.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga mahalliy mahsulotlarni birjaga olib chiqishni tuman darajasiga tushirish bo‘yicha tizim yaratish vazifasi topshirilgan.

«Misol uchun, 1 iyuldan fermer va klasterlar 500 ming tonna g‘allani birja orqali sotishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu fermerlar uchun 2 trillion so‘m qo‘shimcha daromad degani. Lekin, tuman hokimlarida fermer mahsulotini birjaga qanday olib chiqishi, bu borada kimga murojaat qilishi, ya’ni ishni qanday tashkil etishi bo‘yicha aniq rejalar bormi? Bu savolga birorta hokimda ijobiy javob yo‘q», degan prezident.

Mahalliy mahsulotlarni birjada ko‘paytirish bo‘yicha yangi tizim O‘rtachirchiq tumani misolida tushuntirilgan. Yangi tizim bo‘yicha:

  • tuman hokimi g‘alla yetishtiruvchi fermer va klasterlar kesimida bug‘doyni birjaga olib chiqish oyma-oy rejasini ishlab chiqadi;
  • tuman hokimi va Savdo-sanoat palatasining tuman bo‘limi ushbu fermer va klasterlarni birjada ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkillashtiradi;
  • tadbirkorga qulay bo‘lishi uchun Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limida birja savdo maydonchasi tashkil etiladi;
  • ushbu savdo maydonchasida tadbirkor, fermer va klasterlarga birja hujjatlarini rasmiylashtirishga ko‘maklashiladi;
  • ular shu joyning o‘zida birja savdolarida ishtirok etishga o‘qitiladi;
  • fermerlarga bug‘doyni birjaga qo‘yganda garov talab etilmaydi.

Birja savdosi bo‘yicha tadbirkor va fermerlar uchun sodda va lo‘nda metodika ishlab chiqiladi. Sotilgan mahsulotga birja tomonidan bir kunda to‘lov amalga oshiriladi. Bunda fermerga to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq kelib tushishini birja kafolatlaydi.

«Bu yangi tizim fermer va klasterlarga maktab, hokimlarga esa sinov bo‘ladi», degan davlat rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring