Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazirga parlament so‘rovi yuborish zarurati yuzaga keldi

Bosh vazirga parlament so‘rovi yuborish zarurati yuzaga keldi

Foto: «Uza.uz»

Oliy Majlis Senati yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovga shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga kirish va uni o‘tashga oid qonun hujjatlari ijrosi holati va bu sohadagi huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar, deb xabar bermoqda «O‘zA».

Qayd etilganidek, mazkur sohada ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida harbiy xizmatchilarning professional mahorati, intellektual salohiyati va harbiy tayyorgarligi darajasi oshdi. Ularni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish kuchaytirildi, aholi, ayniqsa, yoshlar orasida harbiy xizmatning obro‘si va nufuzi keskin ko‘tarildi.

Biroq, joylarda o‘tkazilgan o‘rganish, aholi bilan muloqot va ularning murojaatlari bilan tanishib chiqish kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish, xizmat muddatini uzaytirish va xizmatdan bo‘shash bilan bog‘liq bir qator muammolar borligini ko‘rsatdi.

O‘rganish shartnoma asosida harbiy xizmatga kirish murakkab jarayon ekanligini ko‘rsatdi. Ko‘plab byurokratik to‘siqlar mavjud, buning ustiga bu tartib-taomil ochiq-oshkora emas. Ayrim bosqichlarni o‘tkazish va yakunlash muddatlari, shuningdek, mansabdor shaxslarning javobgarligi belgilab qo‘yilmagan. Bundan tashqari, sobiq harbiy xizmatchilar, ayniqsa, pensiya olish huquqini beradigan stajga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar bandligini ta’minlash, ularni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash orqali ijtimoiy moslashtirishning yagona tashkiliy-huquqiy mexanizmi mavjud emas.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovga shartnoma asosida harbiy xizmatga kirish va uni o‘tashga oid qonun hujjatlari ijrosi holati va bu sohadagi huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan parlament so‘rovi yuborish zarurati yuzaga keldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring