Bosh vazir nomzodini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan partiya nomi ma’lum bo‘ldi
Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida tashkil qilingan press-brifing da MSK raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bosh vazir nomzodini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ldi.
«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Bosh vazir nomzodini ko‘rsatish huquqiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ega bo‘ldi.
Deputatlarning 9 nafari yoki 6 foizi 30 yoshgacha, 97 nafari yoki 65 foizi 30 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lganlar hamda 44 nafari yoki 29 foizi 50 yoshdan katta yoshdagilar. Eng yosh deputat 26 yoshda. Eng yoshi ulug‘ deputat 71 yoshda. Deputatlarning o‘rtacha yoshi 46 yoshni tashkil etmoqda», dedi MSK raisi.
Avvalroq parlament saylovining yakuniy tur natijalari ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter