Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT Iroqdagi IShID tarmoqlariga qarshi urush ochishga da’vat qildi

BMT Iroqdagi IShID tarmoqlariga qarshi urush ochishga da’vat qildi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish

Foto: «Grozniy-Inform»

BMT xalqaro hamjamiyatni Iroqdagi IShID terrorchilik guruhiga va uning tarmoqlariga qarshi birgalikda kurashishga chaqiradi. Bu haqda dushanba kuni BMT bosh kotibining doimiy vakili o‘rinbosari Farxon Haq Iroqning shimoliy hududlarida ilgari ma’lum bo‘lmagan «Oq bayroq» guruhining hujumlari haqida jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda TASS.

«BMT butun xalqaro hamjamiyat IShID va uning qoldiqlariga qarshi turishini istaydi. Biz IShIDga qarshi kurashda xalqaro birdamlikka chaqiramiz», — dedi u.

Shuningdek, so‘nggi haftalarda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va uning Iroqdagi maxsus vakili Yan Kubish mamlakatning turli mintaqalarida zo‘ravonlik kuchayishi to‘g‘risida ogohlantirganini eslatib o‘tdi.

Bu yil boshida «Rayyat al-bayda» («Oq bayroq») deb atalgan yangi terroristik guruh paydo bo‘lgani xabar qilindi. «Al Mayadeen» telekanalining xabar berishicha, uning tarkibi Iroq va Suriyadagi IShID terroristik guruhi safida jang qilgan 500 ga yaqin arab va kurdlardan iborat. Tashkilotning oq bayrog‘ida sher boshi tasvirlangan.

O‘tgan dam olish kunlari Kirkuk viloyatidagi Sa’duniya tumani atrofida jangarilar va shialardan tashkil topgan «al-Hashd ash-Sha’biy» guruhi o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgani haqida ma’lumotlar e’lon qilindi. Dushanba kuni guruh qo‘mondonligi ushbu mintaqada 27 nafar jangchisi qurbon bo‘lganini tasdiqladi. Bundan bir necha kun avval «al-Hashd ash-Sha’biy» guruhi va Iroq federal politsiyasi Sa’duniyani terrorchilardan tozalash uchun maxsus operatsiya boshlanganini e’lon qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring