Birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva yirik anjumanda qatnashdi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva Qatarda bo‘lib o‘tgan XI Ta’lim bo‘yicha xalqaro innovatsion sammitda ishtirok etdi.
Ushbu yirik anjuman 2011 yildan buyon Qatar Davlati Ta’lim, fan va ijtimoiy taraqqiyot fondi (Qatar Foundation) raisi shayxa Muza bint Nosir al-Misnad shafeligida o‘tkazib kelinmoqda. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad – siyosat, tadqiqotlar, yetakchilik kabi sohalarda tashabbuslarni ilgari surish orqali ta’limda innovatsion dasturlarni yaratishdir.
Bu yilgi tadbir «Sun’iy intellekt davrida inson ijodkorligi» mavzusiga bag‘ishlandi.
29 noyabr kuni sammitning asosiy tadbirlarida yuqori darajadagi mehmonlar, jumladan, xorijiy davlatlar vazirlari, ta’lim va ijtimoiy sohalar ekspertlari qatnashdi.
Bu sammitdagi ishtirok so‘nggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir ifodasi bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter