Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro viloyati hokimi ishdan olingani haqidagi xabarlar rad etildi

Buxoro viloyati hokimi ishdan olingani haqidagi xabarlar rad etildi

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev (suratda chapdan birinchi) Buxoroga tashrif buyurgan Prezident Shavkat Mirziyoyevga hamrohlik qilmoqda.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

Kecha Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev vazifasidan ozod qilingani, uning o‘rniga Buxoro shahar hokimi vazifasida ishlab turgan Karim Kamolov viloyat hokimi vazifasiga tayinlangani haqidagi xabarlar tarqagan edi. Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida 16-fevral kuni Buxoro viloyati hokimligi ma’muriyati bilan bog‘lanib, ushbu xabarning yolg‘on ekanini aniqlagan va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ma’lum qilgan edik.

«Xabar.uz»ning «Telegram»dagi rasmiy kanalida e’lon qilingan xabardan skrinshot.

Bugun O‘zbekiston milliy axborot agentligining rasmiy saytida ham quyidagi xabar e’lon qilindi:

«Ozodlik» radiosining Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev vazifasidan ozod qilingani va uning o‘rniga Buxoro shahri hokimi vazifasida ishlab turgan Karim Kamolov tayinlagani haqida tarqatgan xabari noto‘g‘ri. Viloyat hokimi O‘. Barnoyev ayni shu daqiqalarda joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida 16 fevral kuni Buxoroga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga hamrohlik qilmoqda».

Kezi kelganda yurtdoshlarimizdan turli yolg‘on axborot va mish-mishlarga ishonib qolmaslikni, faqat rasmiy manbalarga tayanishlarini so‘rab qolamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring