Bangladesh Prezidenti Muhammad Abdul Hamid Buxoroga keldi
16 iyun kuni Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Muhammad Abdul Hamid mamlakatimizga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmonning safari Buxorodan boshlandi.
«Buxoro» xalqaro aeroportida Bangladesh rahbari va uning hamrohlarini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Abduhakimov, Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev va Bangladesh davlatining mamlakatimizda favqulodda va muxtor elchisi M. Manan kutib oldilar.
Xorijlik mehmonlar Buxoroda bo‘lish doirasida buyuk ajdodimiz, Naqshbandiya tariqati asoschilaridan biri Bahouddin Naqshband tarixiy majmuasini ziyorat qiladi. Shuningdek, ular qadimiy Ark qal’asi, Poyi Kalon majmuasi, Labi Hovuz ansamblini tomosha qilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter