Asad yaqin orada prezident lavozimini tark etmaydi
Suriya muxolifati va qator g‘arb davlatlari tomonidan bir necha marta o‘z lavozimini tark etishi talab qilinganiga qaramay, Suriya prezidenti Bashar Asad lavozimida qoladi. Bunday fikrni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon «Time» jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan. Ushbu intervyu 30-mart kuni e’lon qilingan. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.
«Bashar ketmaydi. O‘ylashimcha, u eronliklarning xohlagan ishlarini qilishlariga yo‘l qo‘ymaydi», — dedi u.
Shuningdek, shahzoda AQSh qo‘shinlarining Suriya hududida qolishiga umid qilayotganini ham aytgan. Agar ular hududni tark etadigan bo‘lsa Suriyada IShIDga qarshi kurashda foydalanilayotgan Dayr az-Zor viloyatidagi harbiy bazani boy berishlari mumkin.
Avvalroq, 29-mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiylar juda tez fursatda Suriya hududini tark etishi mumkinligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra Suriya haqida boshqalar qayg‘uradigan payt allaqachon yetib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Suriyada 2011-yildan buyon hukumat kuchlari hamda prezident Asadning hokimiyatdan ketishini talab qiluvchi kuchlar o‘rtasida qurolli kurash davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter