Armanistondan yangi elchi qo‘yildi

Bugun, 14-avgust kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Armanistonning yangi elchisi (qarorgohi Yerevan shahrida) Aram Grigoryan bilan uchrashgan va ishonch yorliqlarini qabul qilgan.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilingan. O‘zbekiston-Armaniston o‘rtasida o‘zaro tovar va xizmatlar ayirboshlashni kengaytirish masalalari ko‘rilgan.
Uchrashuvda umumiy kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter