Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Armaniston bugundan parlament boshqaruviga o‘tadi

Armaniston bugundan parlament boshqaruviga o‘tadi

Foto: «Sputnik»

Armanistonda bugun respublikaning yangi rahbari Armen Sarkisyanning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tadi. U bunga qadar mamlakatning Buyuk Britaniyadagi elchisi sifatida faoliyat yuritgan. Bu haqda «Interfax.ru» xabar bermoqda.

2008-yildan Armaniston prezidenti vazifasida ishlab kelayotgan Serj Sargsyanning vakolat muddati 9-aprel kuni yakuniga yetadi. Yangi prezident bugundan vazifasiga kirishadi va amaldagi hukumat iste’foga chiqadi. Besh kun ichida bosh vazir prezidentga o‘zining yangi o‘rinbosarlari va vazirlar nomzodlarini taqdim etishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yil o‘tkazilgan referendumga ko‘ra, Prezident inauguratsiyasidan keyin mamlakatda parlament boshqaruvi amal qilishi kuchga kiradi. Yangi bosh vazir saylovi 17-aprel kuniga belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring