Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh va Xitoy rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

AQSh va Xitoy rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Foto: «President.uz»

Bugun, 28-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqi nomiga xorijiy davlatlardan tabriknomalar kelishni boshladi.

Har yili mustaqillik bayrami arafasida xorijiy davlat rahbarlari O‘zbekiston xalqini ushbu tantana bilan tabriklaydi. Ushbu xayrli ishni bugun Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin boshlab berdi.

XXR Raisi o‘z tabrigida o‘zbek xalqini bayram bilan tabriklab, abadiy tinchlik tilagan. Ikki xalq va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bardavom bo‘lishini niyat qilgan.

Shuningdek, AQSh Prezidenti Donald Tramp ham O‘zbekiston va Mirziyoyevni Mustaqillik bayrami bilan tabriklagan. Ikki davlat o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlik yanada mustahkalanishini tilagan.

Tabriklar kelishi davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring