Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh davlat kotibi Abdulaziz Komilovga qo‘ng‘iroq qildi

AQSh davlat kotibi Abdulaziz Komilovga qo‘ng‘iroq qildi

Foto: TIV axborot xizmati

2021-yilning 21-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Amerika strategik sherikligining hozirgi holati va uni yanada chuqurlashtirishning istiqbollari muhokama qilindi.

AQSh tomoni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarga yuqori baho berdi. Jumladan, odam savdosiga qarshi kurashish va e’tiqod erkinligini ta’minlash sohasida erishilgan yutuqlar e’tirof etildi.

Tomonlar «C5+1» shakli doirasidagi faol hamkorlikni davom ettirishning muhimligi qayd etildi.

Afg‘onistonda mojarodan keyingi davrda ijtimoiy-iqtisodiy hayotni qayta tiklash uchun mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston TIV rahbari davlat kotibini joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaga taklif qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring