Angela Merkel O‘zbekistonga rahmat aytdi
Germaniya kansleri A.Merkel O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya Afg‘onistondan, birinchi navbatda, o‘z fuqarolari, nemis tuzilmalarida ishlagan mahalliy xodimlar, shuningdek, yordamga muhtoj afg‘onlarni evakuatsiya qilmoqda.
Uning ta’kidlashicha, bu xalqaro hamjamiyat bilan muvofiqlashtirilgan murakkab operatsiya. «Shuningdek men, yaqindan hamkorlik qilayotgan O‘zbekistonga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman», dedi Germaniya federal kansleri.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya prezidenti Frank-Volter Shtaynmayer O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Afg‘onistondan fuqarolarni evakutsiya qilish borasida muzokara o‘tkazgandi.
Shuningdek, Toshkent mahalliy aeroporti mazkur kelishuv doirasida yopildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter