Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi

Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi

Foto: TIV

2021-yilning 9-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar beradi TIV rasmiy vakili.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy xavfsizlik, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Rossiya tomonining «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring