Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vaziri AQShda diniy qonunga o‘zgartirish kiritish haqida gapirdi

Adliya vaziri AQShda diniy qonunga o‘zgartirish kiritish haqida gapirdi

Adliya vazirligi

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov AQShda bo‘lib o‘tayotgan Diniy erkinliklarni ilgari surish bo‘yicha ikkinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan AQSh bo‘lib turibdi. Delegatsiya tarkibida Adliya vaziri Ruslanbek Davletov AQShda bo‘lib o‘tayotgan Diniy erkinliklarni ilgari surish bo‘yicha ikkinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etmoqda.

Tadbirda AQSh vitse-prezidenti Maykl Richard Pens hamda davlat kotibi Mayk Pompeo ma’ruza qildi.

Tadbir davomida O‘zbekistonda vijdon erkinligi haqidagi holat, bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, parlamentning yuqori va quyi palatalari tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xaritalari”ga (Din yoki e’tiqod erkinligini ta’minlash yuzasidan “Yo‘l xaritasi” va Osiyo forumi yakunlariga doir takliflar va tavsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan Amaliy harakatlar rejasi) asosan ishlab chiqilgan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi haqida xalqaro hamjamiyatga axborot berildi.

Ta’kidlash joizki, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo O‘zbekiston diniy erkinliklar bo‘yicha holatni yaxshilaganini o‘z chiqishlaridan birida qayd etgan edi. Uning bayonotida O‘zbekiston diniy erkinlik sohasidagi vaziyatni yaxshiladi va alohida tashvish uyg‘otuvchi mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarilgani keltirilgan.

Bundan tashqari O‘zbekiston delegatsiyasi “O‘zbekistonda kapital bozori imkoniyatlari” (Nyu York sh.) Forumida ishtirok etadi. Bir qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring