Abdulla Aripov va Mixail Mishustin bir qator masalalarni muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustin o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
RF hukumati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik doirasidagi qator masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, muloqot chog‘ida bugun videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan MDHga a’zo mamlakatlar Hukumat rahbarlari kengashining majlisi munosabati bilan fikr almashilgan.
Mixail Mishustin va Abdulla Aripov ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik kun tartibi bo‘yicha ham gaplashib oldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter