Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir Abdulla Aripov Qirg‘izistonga bordi

Bosh vazir Abdulla Aripov Qirg‘izistonga bordi

Foto: Gov.kz

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Yevroosiyo hukumatlararo kengashi majlisida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga bordi. 

«Issiqko‘l» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Baxit Toroboyev kutib oldi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 26-avgust kuni Cho‘lpon-Ota shahrida Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda integratsion loyihalar doirasidagi bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring