Abdulla Aripov Qirg‘izistonga tashrif buyurdi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga tashrif buyurdi. Bugun O‘sh shahrida ikki davlat chegaradosh viloyatlardagi muxtor vakillari kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Unda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi masalalarni muhokama etish rejalashtirilgan. Bu haqda «AKIpress» xabar berdi.
Qirg‘iziston delegatsiyasi tarkibida vazirlik va idoralar rahbarlari, Batken, Jalolobod va O‘sh viloyati hokimiyatining vakolatli vakillari, shuningdek, chegara tumanlaridagi hududiy hokimiyat rahbarlari bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter