Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulaziz Komilov uzoq tanaffusdan so‘ng ko‘rinish berdi

Abdulaziz Komilov uzoq tanaffusdan so‘ng ko‘rinish berdi

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Feysal bin Farxan bin Abdulla bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Saudiya axborot agentligi xabar tarqatgan.

22-may kuni bo‘lib o‘tgan suhbatda Saudiya tomoni Abdulaziz Kamilovni O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili deb qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov shu yilning mart oyida Senatdagi chiqishidan so‘ng, bir muddat ko‘rinmay qolgandi. So‘ngra uning davolanayotgani xabar qilingandi.

Keyinchalik prezident farmoni bilan u Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari etib tayinlangan, TIVga rahbarlik esa Vladimir Norov zimmasiga yuklatilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring