G7 davlatlari Markaziy Osiyo mamlakatlarining suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi
Joriy yilning 16-18 aprel kunlari Yaponiyada G7 davlatlarining tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda «Katta yettilik» davlatlari Markaziy Osiyodagi mamlakatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
«Biz Markaziy Osiyo davlatlari bilan mintaqaviy muammolarni, jumladan, Rossiyaning agressiv urushi oqibatlari, Afg‘onistondagi vaziyatning salbiy ta’siri, oziq-ovqat va energetik muammolar hamda iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan hamkorlik qilish tarafdorimiz», deyiladi qo‘shma bayonotda.
«Katta yettilik» tashqi ishlar vazirlari Vazirlar Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlanish, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, inson huquqlari, gender tengligi, ichki va institutsional islohotlar, mintaqaviy xavfsizlik kabi sohalarda hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanliklarini bildirgan.
«Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlarda mintaqaviy hamkorlik faollashganini olqishlaymiz va bunday hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga sodiq qolamiz», – dedi TIV rahbarlari.
Ma’lumot uchun, «Katta yettilik» Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQShdan iborat norasmiy xalqaro klubdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter