Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

18 nafar hokim o‘rinbosari ishdan ketdi

18 nafar hokim o‘rinbosari ishdan ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev barcha infratuzilmasi va moliyaviy imkoniyatlari mavjud bo‘la turib, respublika bo‘yicha 12 ta shahar hamda Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Samarqandning 2 tadan tumanidagi aksariyat hokim yordamchilarining faoliyatini «qoniqarsiz» degan.

Shu munosabat bilan:

  • Nukus, Andijon, Buxoro, Samarqand, Termiz, Guliston, Farg‘ona, Marg‘ilon, Olmaliq, Chirchiq, Angren, Bekobod shaharlari;
  • Uchtepa, Mirzo Ulug‘bek, Toshkent, Qibray, Bo‘stonliq va Urgut tumanlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlarini ham ishdan olishga ko‘rsatma berilgan.

Shuningdek, tajribali mutaxassislarni jalb qilib, ushbu shahar va tumanlar hokim yordamchilarini to‘xtovsiz o‘qitish, yo‘nalishlar berib borish, yaxshi-yaxshi tajribalarni o‘rgatib borish kerakligi ta’kidlangan.

O‘tgan 3 oy ichida har bir mahallaning ixtisoslashuvi aniqlab olingani, endi ushbu mahallalarni ixtisoslashuvi bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etilishi qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring