18 nafar hokim o‘rinbosari ishdan ketdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev barcha infratuzilmasi va moliyaviy imkoniyatlari mavjud bo‘la turib, respublika bo‘yicha 12 ta shahar hamda Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Samarqandning 2 tadan tumanidagi aksariyat hokim yordamchilarining faoliyatini «qoniqarsiz» degan.
Shu munosabat bilan:
- Nukus, Andijon, Buxoro, Samarqand, Termiz, Guliston, Farg‘ona, Marg‘ilon, Olmaliq, Chirchiq, Angren, Bekobod shaharlari;
- Uchtepa, Mirzo Ulug‘bek, Toshkent, Qibray, Bo‘stonliq va Urgut tumanlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlarini ham ishdan olishga ko‘rsatma berilgan.
Shuningdek, tajribali mutaxassislarni jalb qilib, ushbu shahar va tumanlar hokim yordamchilarini to‘xtovsiz o‘qitish, yo‘nalishlar berib borish, yaxshi-yaxshi tajribalarni o‘rgatib borish kerakligi ta’kidlangan.
O‘tgan 3 oy ichida har bir mahallaning ixtisoslashuvi aniqlab olingani, endi ushbu mahallalarni ixtisoslashuvi bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etilishi qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter