Zoyir Mirzayevga ikki maslahatchi tayinlandi
Qashqadaryo viloyati hokimligi tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Jumladan, viloyat hokimiga 2 nafar maslahatchi tayinlandi.
Ochilov Farhod Eshonovich – Viloyat hokimining maslahatchisi – viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i. Maqomi o‘rinbosarga tenglashtirilib, viloyat hokimligi binosida ish olib boradi.
Avazov Azamat G‘iyosovich – Viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi. Bungacha G‘uzor tumani hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter