Zoyir Mirzayev yana ko‘krak nishoni oldi
Bugun Qashqadaryo viloyatida tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Sog‘liqni saqlash vazirligining «Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mukofotni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Tulakov topshirdi.
Ma’lum qilinishicha, Zoyir Mirzayev joriy yilda «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» va «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishonlari bilan ham mukofotlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter