Zoyir Mirzayev: «Bir shifokor oilaviy tadbir va deputatlar uchrashuvida 30 kishiga virus yuqtirgan»
Kasbi shifokor bo‘lgan qashqadaryolik fuqaro 24-iyun kuni qarindoshinikida oilaviy tadbirda va deputatlar bilan uchrashuvda ishtirok etib, 30 nafar fuqaroga virus yuqtirishga sabab bo‘lgan.
Bu ma’lumot karantin kuchaytirilishi sabab viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning aholiga yo‘llagan murojaatida keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi kunlarda Qashqadaryo koronavirus bilan bog‘liq vaziyat chigallashgan hududlardan biriga aylangan. Viloyatda bir vaqtning o‘zida 161ta virus yuqtirish holati ham kuzatilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter