«Rembo» jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda
«Rembo» laqabli AQShlik aktyor Silvester Stallone haqida chiqarilgan jinsiy zo‘ravonlik ayblovi yana kun tartibida. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Los-Anjeles sudi 71 yoshli «Rembo»ni 1990-yili bir ayolga jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda ayblab, yana surishtiruv boshladi.
1990-yil boshida bir ayol politsiyaga Silvester Stallonening jinsiy zo‘ravonlik qilganidan shikoyat etgan.
Nomi oshkor qilinmagan ayolning shikoyatidan so‘ng politsiya xodimlari «Rembo»ning bu xatti-harakati ustidan surishtiruv boshlagan. Biroq bu surishtiruv nihoyasiga yetmay qolgan.
«Bu — tuhmat. Bu voqea aslo bo‘lmagan», — deya Stallone barcha ayblarni rad etgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter