Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zominda sel: FVV holat bo‘yicha bayonot berdi

Zominda sel: FVV holat bo‘yicha bayonot berdi

Foto: Xabar.uz

Zominning qator hududlari sel kuzatildi. 

2025-yil 12-iyun kuni Jizzax viloyati Zomin tumanining tog‘ va adirliklarida yog‘ib o‘tgan kuchli yomg‘irlar natijasida “Shirin” MFY Yoyilma qishlog‘i, “Nihol” MFY, “Taraqqiyot” MFY Hulkar qishlog‘i va Turkman kishloqlarida sel oqimlari kuzatilgan. 

Sel suvlari kelishi oqibatida ayrim avtomobil yo‘llariga tosh va shag‘al tushish holatlari kuzatilgan va zudlik bilan FVDT xizmatlarining shaxsiy tarkibi va muxandislik texnikalari yordamida yo‘llar tozalanib, avtomobillar harakati davom etmoqda. 

Fuqarolar, aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha ob’yektlari va chorva mollariga zarar yetmagan. 

 Hozirgi vaqtda FVDT xizmatlarining 10 ta maxsus texnikalari va 38 nafar shaxsiy tarkibi tomonidan sodir bo‘lgan sel oqimlari oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring