Zomin tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari vafot etdi
Zomin tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari, «Sharq tongi» gazetasi bosh muharriri, jurnalist Berdibekov O‘rozali To‘rayevich 52 yoshda hayotdan ko‘z yumdi.
Berdibekov O‘rozali To‘rayevich — 1969-yil 27-noyabrda Jizzax viloyati Zomin tumanida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli jurnalist. 1994-yilda O‘zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
O‘rozali Berdibekov 2017-yilda «Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» munosabati bilan bo‘lib o‘tgan viloyat jurnalist va ijodkorlari o‘rtasidagi ko‘rik-tanlovda «Eng faol tuman gazetasi muharriri» nominatsiyasi g‘olibi sifatida mukofotlangan. Bir necha bor tuman va viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston Jurnalistlar Uyushmasining Faxriy Yorliqlari, «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
«Xabar.uz» jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter