Zokirjon Almatov jamoat tartibini saqlash bo‘yicha Buxorodagi ishlar bilan tanishdi
Joriy yilning 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov boshchiligidagi ishchi guruh vakillari Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, IIB xodimlari va keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi.
Yig‘ilishda general-polkovnik Zokirjon Almatov o‘zining xotiralari va Prezident tomonidan olib borilayotgan siyosatning ahamiyati haqida alohida to‘xtalib, viloyatdagi mahalla oqsaqollariga bu ezgu siyosatning maqsadini har bir xonadonga yetkazish, unib o‘sayotgan har bir yoshni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash lozimligini ta’kidladi.
Tadbirda hududlardagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar ham tahlil qilindi.
Tadbirda viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev ishtirok etdi.
Tadbirda shahar va tumanlar hokimlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, xotin-qizlar qo‘mitasi rahbarlari, «Nuroniy», «Mahalla» jamg‘armalari vakillari, imom-xatiblar, faol, iqtidorli yoshlar hamda bir guruh ichki ishlar xodimlari ham qatnashdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan ichki ishlar organlarida yosh kadrlar salohiyatini oshirish tizimini yaratish, ularning kasbiy mahoratini yuksaltirish uchun hurmat va obro‘ga ega bo‘lgan xodimlarning ichki ishlar organlaridagi boy amaliy tajribasidan foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi lavozimi kiritilib, Z.Almatov ushbu lavozimga tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter