«Ziddiyatlar epidemiyasi» Afrikaga yetib bordi: Nigeriya va JAR kelishmay qoldi
Janubiy Afrika Respublikasi Nigeriyadagi diplomatik vakolatxonalarini yopishga qaror qildi. Bu haqda «Reuters» xabar bermoqda.
JAR tashqi ishlar vaziri Naledi Pandorning aytishicha, elchixona xodimlariga nisbatan tahdid bo‘lganidan so‘ng ushbu qarorga kelingan.
«Sezib turibmiz, gina-kuduratlar bor, biz buning yechimini topishimiz kerak», — dedi diplomat.
Eslatib o‘tamiz, JARda chet elliklarga qator hujumlar uyushtirilganidan so‘ng Nigeriya hukumati bu mamlakatdan o‘z fuqarolarini olib chiqib ketishini bildirgandi.
Ikki mamlakat o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lishiga sabablardan biri sifatida, shuningdek, Nigeriya JARda bo‘lib o‘tgan Butunjahon iqtisodiy forumini tark etgani ko‘rsatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter