Zidan, Venger, Blan — murabbiylikka kim keladi?
Myunxenning «Bavariya» klubi rahbariyati Niko Kovachni iste’foga chiqarib, murabbiylar shtabida jiddiy o‘zgartirishlarni amalga oshirmoqchi. Kovachning ketishiga klub prezidenti Uli Hyonessdan boshqa barcha rahbarlar rozi va ular allaqachon yangi mutaxassisni qidirishga tushishgan.
Germaniyaning «Bild» jurnali ma’lumot berishicha, bavariyaliklarning qisqartirilgan ro‘yxatiga bir yo‘la uch fransuz kirdi — Zayniddin Zidan, Arsen Venger va Loran Blan. Ular hozir ishsiz.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya chempionatining yettinchi turidan so‘ng Kovach boshchiligidagi «Bavariya» 13 ochko bilan oltinchi o‘rinda boryapti. Myunxenliklar chempionat karvonboshisi — Dortmundning «Borussiya»sidan to‘rt ochkoga ortda qolyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter