Zelenskiy Ukrainada 9 may sanasini Yevropa kuni deb belgiladi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda G‘alaba kuni o‘rniga 9 mayni Yevropa kuni deb e’lon qilish haqidagi farmonni imzoladi. Hujjat davlat rahbari devoni saytida e’lon qilindi.
Prezident bayonotida ta’kidlanganidek, Yevropa kuni ertadan boshlab har yili nishonlanadi va natsizmni yo‘q qilgan barcha yevropaliklarning tarixiy birligiga bag‘ishlanadi.
«Bu Yevropa kuni bo‘ladi, bu bizga barcha jabhalarda: jang maydonida qurol bilan, diplomatik jabhada qat’iylik bilan, raketa terroriga va qishki qorayishga qarshi, iqtisodiyot va huquqiy jabhada kurashishga yordam beradi. Bu bizning ittifoqdoshimiz – Yevropa kuni bo‘ladi», — degan Zelenskiy.
Bundan tashqari, prezident Oliy Radaga 8 may kunini Xotira va natsizm ustidan G‘alaba kuni sifatida belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritganini aytdi. Shunday qilib, u fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabani G‘arbiy Yevropa modelida nishonlashni taklif qildi.
Ma’lumot uchun, avvalroq 9 may kuni Ukrainada Ikkinchi jahon urushida natsizm ustidan qozonilgan g‘alaba kuni, 8 mayda esa Xotira va yarashish kuni sifatida nishonlanib kelingan edi. 2015 yildan beri Xotira va yarashish kuni Ukrainada davlat bayrami sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter